воскресенье, 8 ноября 2015 г.

Azizbek

                                                (Azizbek)
                Baxtga erishmoq uchun har qanday to’siqni buzib faqat
                Olg’a intilmoqlik zarur.(FOROBIY)


   Yana o’sha janjal...Har galgidek qo’shnilar Toshtemirning uyiga yig’ilishdi.Toshtemir ularga parvo ham        qilmadi.Faqat Xolida enaga qarab bir nimalar deb shang’illardi.Qo’shnilar bir chetda turishar,kino ko’rishayotgandek janjalni zavq bilan tomosha qilishar edi.Bular bu nizoga chek qo’yishni istamas ,qandaydir mudhish hodisani kutishar edi...
   Mana bugun esini yegan kampir Toshtemir 150 mingga olgan gilamini sotib yuboribdi. “Nega sotdiz”- desa,(bahonani qarang)-Hamma pullarni yig’ib nabiralarimga to’y qilaman,mana uyimda ikki sandiq pulni bosib qo’yganman,yana ozgina yetmayatudi, shunga sotdim.
-Axir to’ng’ich nabirangiz endigina 7 ga kirdi-ku, hali eh-he...
-Go’rso’xta! Senga sut bergandan ko’ra zahar bersam afzal ekan-deb, kampirning ko’zlariga   yosh miltiradi.Bu ko’zyoshlar “sohta” ekanligi yaqqol ko’rinib turardi,-Hammasiga xotining aybdor ha   o’sha seni aynitdi, o’l xotininga qul bo’lmay!
 Toshtemir oraga yana bir luqma tashlasa kampir qarg’anishni davom ettirishini bilardi.Toshtemir buni xohlamadi,uning ustiga u qishloqning obro’li kishilaridan.Qo’shnilar oldida izza bo’lishni istamadi.To’nini “teskari kiyib”,darvozadan chiqib ketdi...

...Ey xotin uxlamayapsanmi?-dedi Toshtemir endigina ko’zi ilingan xotinini turtib.
Xotini bir seskanib tushdi.                                                                                                                          -Yo’-o’q.
-E bilasanmi hiqildog’imga keldi. Har kuni janjal,har kuni g’urbat.Hey mazza qilib                   yashamaydimi? Yegani oldida,yemagani ketida... Noshukur kampir!
-Qo’ying dadasi unday demang. Nima bo’lsa ham onangiz axir. Xudo insof berib qolar-deb xotini erini yupatgan bo’ldi.
-Qaniydi…

   Toshtemir tongi taqir–tuqurdan uyg’onib ketdi.”Onam bo’lsa kerak “deb o’yladi,uning hayolida yana onasining beo’hshov qiliqlari beto’hto’v aylanardi.Bir nimani sezgandek hadiksirab apil-tapil kiyingan Toshtemir tashqariga otildi.Taxmini to’g’ri ekan,kampir ostonada vajohat bilan tikilib turardi.Ko’zlarida shunchalik daxshat bor ediki,Toshtemir biroz cho’chigan bo’lib orqaga tisarildi.
-Xotining qani ?-kampirning birinchi savoli shu bo’ldi.
-Nima qilasiz?-deb shang’illadi Toshtemir.Sizga nima yetishmaydi ona?hamma narsa muhayyo bo’lsa            qarilik gashtini surib o’tirmaysizmi, namuncha janjal qilasiz-a,janjal bilan og’a-ini bo’lib ketdingiz-ku axir?
-Xotining qani?- yana shu savolni takrorladi kampir,-Padariga la’nat qani xotining,befarosatni dastidan       men 1 kundan beri tuz totganim yo’q.Nega ovqat olib kirmadi u?
-Axir o’zingiz...deb Toshtemir so’zida to’xtab qoldi.Uning yuragi qattiq siqdi.-Axir o’zingiz  ovqat olib borsak tashqariga uloqtirayapsiz ku!(Kampir janjal qilib o’zi boshqa uyga-“kichkina uy”deb atashadigan joyga barcha lash-lushlari bilan ko’chvogandi)
 Kampir o’qraygancha oshxona tomon sudraldi.Toshtemir yuragini hovuchlagancha ,chuqur-chuqur nafas olgancha, dahliz tomon intildi. Eshik aralash devorga suyanib,xonasiga kirib ketdi.Karavotiga yotib ko’zlarini chirt yumgancha o’yga toldi. “Nega? Ey Xudo,Parvardigor hayotimdan nolimayman,armonim ham yo’q lekin nega? Onam meni buncha qiynaydi,axir o’z onamku,ona muqaddas inson bo’lsa, qanday qilib uni,urishim mumkin,axir bu borib turgan to’ng’izlik-ku.Lekin nega?qon qilib yubordiku...mayli biz      haqimizda qayg’urmasa ham,nabiralari haqida o’ylamasa,u bechoralar tuni bilan eshikka mo’ltirab yo-     tishadi onam kelishidan qo’rqib,goho unsiz-unsiz yig’lashadi.Nahot,onam ularga achinmasa,hammasiga ko’z yumish mumkin ammo... Ammo bolalarga bu salbiy ta’sir ko’rsatishini nahot tushunmasa”Qush uyasida ko’rganini qiladi”deganidek kelajakda bu bolalar ham baxtsiz bo’lib qolishmaydimi ? janjal tagidan chiqmaydigan bola ulg’ayib voyaga yetganida kim bo’ladi?  Borib turgan jizzaki ,borib turgan asabiy bo’ladi... O’zi hammasiga onam aybdor,onam sababchi.U biznikiga ko'chib kelmaguncha  biz baxtli ,farovon yashar edik.Mana onam kelmasidan oldin qanday baxtli edik.”
 Darhaqiqat,kampir kelmasidan oldin farovon oila edilar qishloqdagi barcha odamlar ularga havas qilishardi.Nima ham qilishardi oyning o’n beshi yorug’  bo’lsa ,o’n beshi qorong’u bo’lar ekan.Insonlarga      xush yoqadigan illiq,mayin nur taratayotgan quyoshni qora bulutlar to’sganidek,baxt taratayotgan Toshtemirning oilasiga  kampir to’siq bo’lib qo’ndi. Kampir oldinlari unaqa emas. Shu kenjasiga mexri yo’qroq bo’lgani bilan, bunchalik miyyasi “aynib”qolmagandi. Yoshi saksondan o’tganidan keyin birdan o’zgardi...
Hovliqib kirib kelgan xotini Toshtemirni  hayolini  bo’ldi.
-Nima bo’ldi?-ming’irlab  so’radi  Toshtemir.
-Onangizning jinniligi yana boshlandi. Ana qarang  oynalarni  bitta-bitta chilparchin qilib  sindirdi.Endi uyinga o’t  qo’yaman deyapti.Yuragi  siqilayotgan  Toshtemir, xotini  aytgan so’zlari  dard  ustida chipqon  bo’ldi.Tok  urgandek  biroz jim turdi.Keyin ohista o’rnidan turib xotiniga yuzlandi:
-Men...nega?.. nega?..–Toshtemir bir qalqidiyu xotinining oyoqlari ostiga yiqildi.
- Vooy- dood!!!

...Mana Toshtemir kasalxonada yotganiga ham 2 haftacha bo’lib qoldi.Lekin shifokorlar hali beri qo’yib yuborish niyatlari yo’qqa o’xshaydi.Toshtemirning xotini kunda xabar olib turadi.
Toshtemir shiftga tikilib o’tirarkan o’tgan kuni kelgan xotinining aytgan so’zlari yodiga tushib aftini bujmaytirdi.O’sha kuni xotini issiqina tovuq sho’rva olib kelgandi.

-Assalomu alaykum dadasi-deb xotini eshikdan kira solib tavoze bilan salom berdi.Toshtemir shunga yarasha alik oldi. Xotini erining yotog’ining bir chetidan joy oldida, sho’rvani hafsala bilan kosaga suza boshladi.-Yaxshimisiz dadasi ,o’zingizni yaxshi his qilayapsizmi? Hech qayeringiz bezovta qilmayaptimi?-xotinining bamisoli hamshiralarga o’xshab apil-tapil savollariga ohisda javob berishga harakat qildi.
-Ha rahmat yaxshiman ,xudoga shukr do’xtirlar yaxshi qarashayapti.  Bolalar qanday o’ynab yurishibdimi? Men ularni juda sog’indim. Onam qalay?
Xotini so’ngi so’zni eshitib erga biroz ma’noli qarab oldi.
-Bolalar tuzuk yurishibdi o’ynab kulib. Enamga keladigan bo’lsak, beso’roq bir ish qilib qo’ydim.
-Qanaqa ish?- Toshtemirni ko’zlari birdan kattardi.
-Akalaringizni chaqirtirgandim. Ularga tushuntirdim.Onam  har kuni arzimagan narsadan janjal ko’taradi. Mana ukangiz ham siqilib,kasalxonaga tushib  qoldi, shu desangiz, mullani chaqirib bir chilyosin o’tkazsak zora ahvollari yaxshilanib  ketsa dedim.Ularchi ular nima deydi deng: -Biz alohida oilada yashaymiz.Shuning uchun o’zlaring chilyosin o’qitaveringlar, onamizning ko’ziga yomon ko’rinishni xohlamaymiz ,yo’q... Bu o’yinda qatnashmaymiz.Bizni chaqirmasanglar ham hafa bo’lmaymiz-deb ketvorishdi.
-Heee.. ularga dardini faqat ahmoqlargina  so’zlashadi,sen ham ahmoqning ishini qilibsan.Nima qilasan aytib. Akam bo’la turib, shuncha kundan beri aqalli yonimga kelib “tuzukmisan uka”deb aytgan joyi yo’g’u, seni dardingni tinglarmidi.

Toshtemir kosadagi sho’rvani qoshib bilan, aylantirib sovutar ekan, bir nimalarni o’ylardi...

  Toshtemir oilada eng kenja farzand. 3 akasi-yu 2 opasi bor. Hammasi uyli-joyli, bola-chaqali, nevarali bo’lib ketishgan. O’zi ham 4 nafar bolaning otasi. Yaqinda buva bo’ldi. Ko’rinishi ancha yosh, sochlariga oq ham oralamagan. Bardam-baquvvat ko’rinadi. Lekin bu inson hayotning ne-ne sinovlariga dosh berganini bilsangiz edi. Yoniga borib bir bor bag’rizga bosgan bo’lardingiz.

   Aytganimdek, oilada kenja farzand bo’lib tug’ilgan bu insonga yoshligidan o’zgacha mexr berildi. Ona mexri emas, opa-yu akalar mexri. Onaning barcha farzandlariga mexri teng taqsimlangan edi-yu shu kenjasiga yetmay qolgan edi go’yo. Farzand ko’p bo’lgandan keyin mexr ham maydalanib ketar ekan-da. Shunday qilib Toshtemirni aka-yu opalari katta qildi deya bemalol ayta olamiz. Ayniqsa uning shakllanishida katta akasining o’rni juda salmoqli. Tarbiya va ta’limni hech qizg’onmay qo’ldan kelgancha singdirdi... Haliyam esimda bundan bir necha yil avval tongi soat 7 bilan 8 ning oralig’i edi, birdan telefon go’shagi jiringlab qoldi. Go’shakni o’zi ko’tardi. Nargi tarafdan kimningdur gapirgani eshitildi, so’ng birdan jimlik. Og’ir sukunat. Hamma uning og’ziga qaragan. Birdan devorga suyanib qoldi, ko’zidan bilinar-bilinmas yosh ko’rindi, farzandlari oldida o’zini biroz o’nglab olib, ko’zlarini yengi bilan artdi-da “Akam...akamni... berib qo’yishibdi” dedi. Ayoli yig’lashga tushdi. “Bas qil, narsalarni yig’ishtir qishloqqa ketamiz” deya moshinani qizdirgani chiqib ketdi. Men esa o’sha yerda turardim. Hech nima his ham qilmasdim. Nega buncha kuyunadi, axir bilardi-ku akasi betobligini. Kasalxonadagi  do’xtirlar “tayyorgarligingizni ko’ravering” deganini men ham eshitgandim-ku.

   Peshinga akasini chiqarishdi. O’sha kuni ko’zimga negadir Toshtemirning qaddi ancha bukilib, cho’kkandek ko’rindi. Axir bir yilda ikki yaqin kishingni yo’qotish... Aytib bo’lmaydigan musibat.

       Akasidan roppa-rosa to’qqiz oy oldin Otasini tuproqqa topshirgan edi. Otasi juda baquvvat inson edi, yetmishga kirgan bo’lsa ham ikki quchoq o’tni bir o’zi eshshakning ustiga ortib kelardi. Qon bosimi degan balo qulatdi, bo’lmasam hali ancha umr ko’rardi. Ko’rishga loyiq ham edi. Nima ham qilardik,bandalik ekan. Ollohning irodasi. O’zbekni bir kun keraksiz udumlar ag’natadi. Otasining marakalari bilan bo’lib katta akasi ham o’zini ancha oldirib qo’ydi. Andisha qildimi, yoki “o’tib ketar”dedimi hullas ichidan nima kechayotganini hech kimga aytmadi. Oxiri nima bo’ldi?! Yiqildi. Yiqilganda ham hamma yerni larzaga keltirib yiqildi.

 Akasini do’xtirga oborgani hali ham esimda. Qish. Sovuq edi. Aksiga olib yo’lda moshinaning benzini tugab qolgan. O’tib ketayotganlardan birortasi to’xtay demasdi. Bu yoqda moshina ichida kasal aka va yosh bolalar. Uka sovuqda so’kinganicha qo’lini o’tgan-ketgan moshinaga ko’tarib borib kelardi.Oxiri qaysidir insofli to’xtatida benzin quyish shaxobchasiga yetib olishga yetgulik yoqilg’i berdi. Shaxri azimga ham yetib kelishdi. Kerakli kasalxonani ham topishdi. Bir necha soatlik tekshiruvdan keyin “Saraton, kech qolibsizlar. Tayyorgaligingizni ko’ravering” deyishdi. Og’ir ahvolda ortga qaytdik. Ikki soatlik yo’lda hech kim bir og’iz ham gapirmadi. Ukaning ba’zi-ba’zida burnini tortib qo’yishi yig’layotgni bildiradi. Uyga ham yetib keldi. Ukaning: “Aka siz bularni gapiga ishonmang, boshqa do’xtirlarga ko’rsataman sizni, professorlarga” deganiga, nim tabassum bilan “ Qo’ysangchi, nima keragi bor. Taqdir ekan...”

  Taqdir ekan, akasidan ham ayrildi. Hech qanday mubolag’asiz ayta olaman-ki, qo’lini qayerga uzatsa yetardi,ammo o’lim-haq.

   Toshtemir 25 yil Vataniga beminnat xizmat qildi. Qayerda xizmat qilganini aytish shart emas,menimcha. Shunchaki tasavvur qilishingiz uchun bir-ikkita misol keltiraman: O’g’lining to’yida shaharning militsiya boshlig’i choy tashidi, GAIlarni “katta”siga esa poygakdan joy tegdi. Qo’shnisi  moshinasida bir bolakayni urvorganida qamoqdan olib qoldi, yana bir mahalladoshiga 70 million jarima solishganida muammoni hal qilib berdi. Hammasini bitta qo’ng’iroq bilan hal qildi. Bunaqa misollarni istaganizcha aytishim mumkin.

   Qanchalik ishonish qiyin bo’lmasin,shuncha yil ishlab o’zi uchun biror nima tilamadi. Dang’illama uy qurmadi, qo’sha-qo’sha moshina minmadi. Yigirma yil otasidan qolgan uy va akasidan qolgan moshinani mindi. Chunki faqat oylikka yashardi. Oyligi ham “otni kallasiday” bo’lgandan keyin,yetadi-da dersiz. Adashasiz. Oyligi 4 ta farzandini keyingi oylikkacha boqish uchun bazo’r yetardi. Hatto farzandlari bo’sh vaqtida ko’chada mayda-chuyda ham sotardi.

    Uyiga har kuni ish so’rab keladigan odamlarning keti ko’rinmasdi. Birgina iltimosi bilan ishga kirgizib qo’yishini  bilishardi-da. Qo’lidan kelguncha yordamini hech kimdan ayamasdi. Mahalladan qancha-qanchasi shu inson orqasidan ishga joylashib “ko’tarilib”ketdi. Ko’pchiligi ishi bitgach rahmat ham demadi. U esa o’pkalamadi. Aka-yu, opalarining o’gillari armiyaga bordi,o’qishga kirdi, ishga kirdi. Hammasiga U yordam berdi. Farzandlariga esa o’qishi uchun barcha imkoniyatlarini yaratib berdi. O’qishga kirgazib qo’ydi emas! Imkoniyat yaratib berdi. Hamma narsaga o’z kuchi bilan erishishlarini hohlardi...

   Xarom nimaligini bilmay yashadi. Farzandlariga ham shunday tarbiya berdi. Chunki otasidan shunday tarbiya olgan edi.

    ...Endigina o’qishni bitirib, ishga kirgan kezlari edi. Onasi bilan otasini shaharga,ijarada turadigan uyiga olib ketayotgan edi. Yo’lda tanish qassobdan bir kilo go’sht olish uchun to’xtadi. Yonida puli yo’qligi uchun qarzga oldi. Moshinaga o’tirishi bilan, otasi: “nega qassobga pul bermading?sen hali mansabingdan foydalanib xarom yeydigan bo’ldingmi?”dedi-yu,moshinadan tushib uyiga qarab yurib ketdi. O’gil orqasidan yugurib borib nima gapligini tushuntirdi. Moshinaga qaytarib o’tirg’izdi. Ota belbog’iga o’ralgan puldan bir qismini berdi-da, bir nimalar deb nasihat qildi. Aniq nima deganini men eshitmadim...


воскресенье, 8 марта 2015 г.

Assalomu alaykum azizlar! Omonmisiz? Ha, sizni bezovta qilayotgan yana men. Biroz oldin bir akaxonimiz “noshukrlik haqida ham bir blog yozmaysizmi...” deb qoldilar. O’zimcha yaxshi fikr dedim-u, darxol yozishga kirishdim. 15-20 daqiqa kompyuterimda bir nimalar yozishga harakat qildim. Bo’lmadi. O’ylab qarasam noshukrlik haqida o’zim hech narsa bilmas ekanman. Bilmagan narsang haqida “falsafa so’qish” ahmoqgarchilik bo’lsa kerak. Baribir bu mavzu meni tinch qo’ymadi, internet-u kitoblarni titkilab bir –ikkita material topdim. Shularni sal o’zimga to’g’irlab sizlarga havola qilmoqdaman. Har doimgidek kamchiliklar bo’lsa, oldinlari eshitgan yoki o’qigan narsalariz haqida yozilgan bo’lsa, uzr so’rayman(“...Buyuklar-o’g’irlashadi” deyishadi-ku).

  Noshukrlik-barchamizda bolalikdan shakllanadigan odat. Balki, qonimizga singib ketgan illat bo’lsa kerak(Odam Ato va Momo Havoning jannatdan quvgan ham shudir balki), yana bilmadim. Keling  boshlanishiga bir rivoyatni esga olsak-da,keyin mavzumizni davom ettirsak.
  Bir noshukr banda tush ko’ripti... Tushida bir inson noshukrni qo’lidan ushlab yetaklagancha bir uyga olib kiripti. Uyga kirib qarasa uyni tomidan to’htovsiz chakka o’tarmish. Noshukr asta so’rapti:
-Ey birodar, nima bu uyni egasi shu qadar qashshoqmi?! Hatto chakka o’tayotgan joylarni ham ta’mirlamabdi... U inson javob beribdi:
-Yo’q, bu chakka emas Olloh o’z bandalariga nozil qilayotgan rizq-u nasibasi. Faqat senga mana shu tarzda ko’rsatilyapti, tushunishing uchun. Ana qara, bir joydan ko’proq, bir joydan kamroq tushayapti... Chelaklab tushayotgani boyroq odamniki, kamroq tushayotgani esa kamrog’iniki. Xullas, har kimni rizqi Olloh tomonidan qancha belgilangan bo’lsa, sen shularni ko’rib turibsan...
-Mening ham rizqim tushayotgan teshik bormi?
-“Ha,albatta”-deb javob berdi va bir  teshikni ko’rsatdi. U yerdan bir tomib, bir to’xtab tomchi tushayotgan emish. Buni ko’paytirishni iloji bormi?
-Ha, uni ko’paytirish uchun shukr qilish kerak...
Noshukr “E  yo’q, teshikni kattalashtirish kerak”-dedi va bir cho’p topib kelib teshikni kovlay boshladi. Shu orada cho’p teshikka tiqilganicha sinib qoldi va “tomayotgan” bir tomchi ham to’xtab qoldi...

   Noshukrlikning kasri eng avvalo odamning o’ziga uradi. Bu o’ziga xos yebto’ymaslikka o’xshaydi. Ammo ochko’z odamning ovqat yeyishda chegarasi bo’ladi . Ming ochko’z bo’lmasin, ma’lum miqdorda ovqat yegach, u to’yganini sezadi. Ammo noshukrlik bu jismoniy emas, psixologik (aqliy) ochko’zlik. U odamning komplekslari-yu muhimligini boqish bilan ovora bo’ladi. O’n qop tillasi bor noshukrni yuz qop tilla bilan ham shukrona keltirishga undash qiyin. Inson boriga shukr va qanoat qila bilishi, shi o’rinda bundan-da yaxshirog’iga harakat ham qilishi lozim. O’zining halol mehnati-yu peshona terisi bilan.
  Menimcha, inson birinchi navbatda shukr qila bilihi kerak.Oddiygina misol “yangi krasovkam yoq”deydigan odam,  dunyoda oyog’i yo’q odamlar ham borligini bilarmikan?! Yoki “farzandlarimi hammasi qiz” deb noliydigani “tirnoqqa” zorlar qanchaliginichi?! “ikki qavatli uy kerak” deguvchi  yer yuzida 750 milliondan ortiq odamning umuman bosh-panasi yo’qliginichi?! Hatto shundaylar borki tinchlikning borligiga ham shukr qilmaydilar. Atrofga, dunyoga boq! Ko’rmayapsanmi, qancha-qancha boyligi-yu,mol-davlati bor urush orqasidan bir burda nonga zor...
  Ozg’inligimdan nolirdim oldinlari. Yaqinda hindlarning bir “Talant” degan shou-ko’rasatuvini ko’rib qoldim. Unda bir oyog’i yo’q  qiz 3 daqiqa davomida raqs tushib, zaldagilarni hayrati va olqishiga sazovor bo’ldi. Bir oyoqda raqs-a!  Ko’rib etlarim junjikib ketdi. Qizning irodasi-yu iqtidoriga qoyil qoldim. Men bo’lsa qayoqdagi bo’lar-bo’lmas narsalarga boshimni og’ritib yuribman. Shu videoni kompyuterinming “bosh oynasi”ga qo’yib qo’ydim. Har safar komyuterimni yoqqanimda ko’rish uchun...
Noshukrlikning davosi- shartsiz orzu qilishdir. Ya’ni orzuga erishish uchun emas orzu qilish jarayonidan rohatlanish uchun orzu qilish. Mana sizga noshukr odamning orzu qilish tartibi:

“Qaniydi, Karibdagi biror orol sohilida o’zimni oftobga solib yotsam. Juda mazza bolardi-da” -bu jarayonning sof orzu qismi, unda odamning ko’zlari yumilgan, tanasi bo’shashgan, chexrasi ochiq bo’ladi. Undan keyin keladigan fikr: “Buning uchun pulim bo’lishi kerak-da” -bu shart qismi, ya’ni orzuga erishish uchun qanday shart bajarilishi kerak. Tamom, orzu mana shu yerda tugaydi. Odamning yuzi darrov jiddiylashadi, tana muskullari taranglashadi, aql o’z ishini boshlaydi. Keyingi fikr: -Xo’sh, pulni qayerdan olsa bo’ladi? “A” qilsammikan, “B” qilsammikan?... -bunisi endi reja qismi. Bunda orzuning hidi ham qolmaydi, odam endi aqliy faoliyat bilan band (foydasiz aqliy faoliyat bilan). Oxirgi fikr: “Har yo’liga qilsam ham, kerakli pulni topa olmas ekanman. Esizgina, kinolarda ko’rgan joylarimni ko’rish nasib qilmas ekan-da... -bu orzuning dafn marosimi, uni chuqur qabrga ko’mib, ustiga armon toshi qo’yiladi.

Mana bunisi rostan ham Yaratganning cheksiz marhamatiga ishongan, uning qudratiga shubha qilmagan odamning orzu qilishi:

“Dengiz bo’yida mazza qilib oftobda toblansam. Yaqinlarim ham yonimda bo’lsa. Ha nima? Xudo beraman desa, beraveradi. Mana, ishlarim yaxshi ketyapti, topishim yomonmas. Shu paytgacha ko’p niyatlarimga erishdim. Bir kun kelib, dengiz bo’yiga ham boramiz-da, Xudo xohlasa. O’sha kunlarga o’zi yetkazsin, iloyim...”

Bu odamning butun orzu qilish jarayonida yuzidan tabassum ketmaydi. Orzu qilayotgandayoq huddi niyatiga erishgandek dili yayraydi. Bunga qanday erishadi, buning uchun nimalar qilish kerak? Bu uni qiziqtirmaydi. Unga orzu qilishing o’zi yetarli. U atrof-dunyoga o’z orzusini qush kabi uchirib yuboradi: agar ahdi mustahkam bo’lsa, bir kuni orzusi uning oldiga o’z ro’Yobini boshlab keladi.

O’zingiz o’ylab ko’ring: ozruni avval boshidayoq armonga aylantirib, ko’mib tashlagandan kora, uni erkin qo’yib yuborgan yaxshi emasmi? Aytaylik, siz shaharning bir nuqtasidan boshqa nuqtasiga bormoqchisiz. Aynan siz bilgan yo’l ta’mirlash va’ji bilan to’sib qo’yilgani sababli siz yo’lga chiqishdan voz kechdingiz. Lekin sizni ko’zlagan manzilingizga olib boradigan yo’llar soni cheksiz.  Ularning hammasini siz bilishingiz shart emas, yo’l o’zi sizni olib boradi.

Huddi shunday, sizdan urzu qilish va harakatlarnish talab etiladi, xolos. Istagingizga sizni aynan qaysi yo’llar bilan va qaysi vositalar yordamida yetkazishni siz Xudoga ishonib topshiring. Toki U orzuyingizga siz bilmagan va xayolingizga ham keltirmagan qisqa va zavqli yo’llardan olib borsin. Faqat maqsadingizga erishganingizda shukrona keltirishni unutmang.


Men ham siz bilan suhbat qurib, ko’nglim istagiga erishishim uchun imkon bergan Yaratganga shukrlar aytaman. Menga sizdek suhbatdoshlarni berganiga shukr. Boringizga shukr.